Taekvondo. Madina Mirabzalova Muju Gran-Pri chellenji sovrindori

Bugun Koreya Respublikasining Muju shahrida taekvondo WT bo‘yicha G1 tasnifiga kiruvchi Gran-Pri Chellenji start oldi.

Bugungi kun doirasida ayollar o‘rtasida -49 va -57, erkaklar o‘rtasida -58 kg vazn toifasidagi bellashuvlar o‘tkazilmoqda. Musobaqada ikki nafar hamyurtimiz – Omonjon Otajonov (-58 kg) hamda Madina Mirabzalova (- 57 kg) ishtirok etmoqda. 

Vakillarimizning har ikkisi bugun dayanga chiqdi. Quvonarlisi, musobaqada to‘rtinchi raqamda tasniflangan Madina Mirabzalova musobaqaning bronza medaliga ega chiqdi.

U avval vetnamlik Cham Ngok Famni engib, yarim finalga yo‘l olgandi. Final yo‘llanmasi uchun bahsda esa hamyurtimiz musobaqaning birinchi raqamli sportchisi – Vey-Chun Lin oldida ojiz qoldi. Shunday qilib, bronza medali uchun kurashish imkoniyatini qo‘lga kiritgan Mirabzalova mezbonlar vakilasi Yong Yang Jongni 2:0 hisobida mag‘lub etib, musobaqada uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, Mirabzalova ushbu natijasi orqali 3.60 reyting ochkosiga ega bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Olim
16/07/2023 00:30
Yashavor!