Taekvondo WT. Terma jamoamiz "Turkish Open" xalqaro turniriga jo‘nab ketdi

6-9 iyul kunlari Turkiya poytaxti Anqara shahrida taekvondo WT bo‘yicha "Turkish Open" xalqaro turniri bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqa G2 tasnifida o‘tkaziladi, unda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchilar Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari yo‘lida 20 reyting ochkosiga ega bo‘ladi. Musobaqada ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Anqara shahriga yo‘l olishdi. Bu haqda O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Murabbiylar shtabi mazkur turnir uchun 11 nafar sportchini tanlab oldi. Tarkibdan o‘tgan yilgi "Turkish Open" g‘oliblari Nikita Rafalovich va Madinabonu Mannopova ham o‘rin olgan. Quyida ushbu musobaqada ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasining to‘liq tarkibi bilan tanishib olishingiz mumkin:

Erkaklar:
-54 kg: Omonjon Otajonov
-68 kg: Diyorbek To‘xliboev va Najmiddin Qosimxo‘jaev
-74 kg: Jasur Jaysunov
+87 kg: Nikita Rafalovich

Ayollar:
-49 kg: Madinabonu Mannopova
-53 kg: Charos Qayumova hamda Sitora Ergasheva
-57 kg: Madina Mirabzalova
-67 kg: Feruza Sodiqova hamda Ozoda Sobirjonova

Eslatib o‘tamiz, hamyurtlarimiz o‘tgan yilgi "Turkish Open" musobaqasida 6 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!