Tanlovni Ronalduning o‘zi qiladi!

  • 13 yanvar, 2023, 09:32
  • 0
  • Futbol

“Real” darvozaboni Tibo Kurtua 37 yoshli hujumchi Krishtianu Ronalduning “An-Nasr” klubiga ko‘chib o‘tganiga o‘z munosabatini bildirdi.

- Krishtianu Ronalduning transferi Saudiya Arabistoni mahalliy sportni yangi bosqichga olib chiqmoqchi ekanidan dalolat beradi.

Hammamiz bu mamlakat futbolchilarining bo‘lajak jahon chempioni Argentinani qanday mag‘lub etganini ko‘rdik. Ronalduning “An-Nasr”ga kelishi esa, oldinga tashlangan yana bir muhim qadam hisoblanadi.

Ronalduning o‘zi esa, faoliyatini qaerda davom ettirishni o‘zi hal qiladi. Bu uning tanlovidir, - dedi Tibo Kurtua.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!