Taremi "Inter" bilan kelishib oldi

Yozgi transferlar oynasida erkin agentga aylanishi kutilayotgan Mehdi Taremi uchun kurashda "Inter" favorit bo‘lib turibdi. Klub uni tekinga qo‘lga kiritishni istaydi. 

"TUTTOmercato" nashri xabar berishicha, tomonlar kelishib qo‘ygan va yozda Taremi "Inter" tarkibiga borib qo‘shiladi. Mianliklar hujumchi bilan 2 yillik shartnoma imzolashi ma’lum qilindi. 

Eslatib o‘tamiz, Mehdi ayni paytda "Portu" a’zosi. U mazkur mavsum jamoasi tarkibida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta golda ishtirok etishga muvaffaq bo‘ldi. 

Fabritsio Romano so‘zlariga ko‘ra, 31 yoshli eronlik futbolchi o‘tgan yozda ham "Inter"ga o‘tishga yaqin kelgandi, lekin klublar o‘zaro kelisha olmadi. Shu bilan birga, strayker o‘z vaqtida Saudiya Arabistonidan kelgan takliflarga rad javobini bergan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!