“Tata Steel Chess 2023”: Hamyurtlarimizning 7-turda qayd etilgan natijalari, turnir jadvali va navbatdagi raqiblari bilan tanishing

Xabaringiz bor Niderlandiyada klassik shaxmat bo‘yicha nufuzli “Tata Steel Chess 2023” musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. 
 
Musobaqaning masters guruhida ishtirok etayotgan Nodirbek Abdusattorov 7-turda hindistonlik shaxmatchi Arjun Arigasini qora donalarda mag‘lub etib, ochkolari sonini 5,5 taga etkazib oldi. Nodirbek musobaqa jadvalida hamon peshqadamlik qilmoqda. Uning 8-turdagi raqibi esa yana bir kuchli shaxmatchi AQShlik Levon Aronyan bo‘ladi. 
 
Masters guruhidagi holat
1_1 
 
Turnirning chelenjerlar tasnifida esa yana bir hamyurtimiz Javohir Sindarov 7-turda mezbonlar vakili Elin Robersni mag‘lub etgach ochkolarini 5 taga etkazib oldi. U turnir jadvalida 2-pog‘onani band etib turibdi. 8-turda Javohirga Turkiya vakili Mustafa Yilmaz raqib bo‘ladi. 
 
Chelenjerlar guruhi turnir jadvali
2_1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!