"Tata Steel Chess 2023": Shaxmatchilarimizning bugungi raqiblari va turnir jadvali bilan tanishing (foto)

Xabar berib o‘tganimizdek, Niderlandiyaning Veyk-an-Ze shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli "Tata Steel Chess 2023" turniri davom etmoqda.
 
5-tur yakunlariga ko‘ra, masters guruhida ishtirok etayotgan Nodirbek Abdusattorov 4 ochko jamg‘arib turnir jadvalida peshqadamga aylanib olgan bo‘lsa, chelenjerlar tasnifida Javohir Sindarov 3,5 ochko bilan 3-pog‘onada bormoqda. 
 
Bugun o‘tkaziladigan 6-tur bahslarida Abdusattorov hindistonlik Rameshbabu Pragnanandxaga, Sindarov esa Braziliya vakili Luis Supiga qarshi dona suradi.
 
Masters yo‘nalishi jadvali
1
 
Chelenjerlar yo‘nalishi jadvali
2

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!