Tayson Fyuri Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga etib keldi

  • 5 may, 13:07
  • 0
  • Boks

Superog‘ir vazn toifasida WBC chempion Tayson Fyuri (34-0-1,24 KO) Saudiya Arabistoni poytaxtiga etib keldi. Britaniyalik bokschi 18 may kuni Ar-Riyod shahrida tashkil etiladigan boks oqshomida WBA, IBF va WBO yo‘nalishlari chempioni, ukrainalik Aleksandr Usikka qarshi mutlaq jahon chempionligi uchun ringga ko‘tariladi.

Eslatib o‘tamiz, “Lo‘lilar qiroli” nomi bilan mashhur Tayson Fyuri o‘zining so‘nggi jangini o‘tgan yilning oktyabr oyida kamerunlik sobiq UFC chempioni Frensis Ngannuga qarshi o‘tkazib, hakamlarning alohida qarori bilan g‘alaba qozongandi. Tayson professional boksda 34 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan (24 tasi nokaut bilan). Hisobida bitta durang bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!