Terri Anri Xolandning eng katta xatosini oshkor qildi

“Arsenal” va Frantsiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Terri Anri “Manchester Siti” to‘purari Erling Xolandning eng katta xatosini aytib berdi.

- Erling Xoland xatoga yo‘l qo‘yayotgan bir ish bor. U har doim himoyachi bilan elkama-elka turadi. Demak, himoyachi Xolandni nazorat ostida ushlab tura oladi.

Himoyachiga yaqin turgan holda yakkakurashlarda to‘pga egalik qilish juda qiyin. Agar Xoland raqib bilan o‘rtadagi masofani saqlasa, bemalol to‘pga egalik qilishi, uni korpus bilan yopishi mumkin.

Bunday holatda himoyachi oyog‘i bilan qarshilik qilolmaydi, “quchoqlab olib” harakatni cheklay olmaydi. Qolgani hujumchining mahoratiga bog‘liq masala, - dedi Terri Anri Daily Mail nashriga.

Frantsiyalik forvardning o‘zi Angliya Premer-ligasi tarixidagi eng zo‘r to‘purarlardan bo‘lgan. Anri “Arsenal”da jami 258 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 175 marotaba ishg‘ol qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!