Tezkor xabar! “Al Sadd” etakchisi Qarshiga kelmaydigan bo‘ldi

  • 26 fevral, 2018, 23:56
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Qarshining “Nasaf” jamoasining OChL 3-turi doirasida o‘z maydonida Qatarning “Al Sadd” jamoasini qabul qiladi.

Tecno

“Al Sadd” etakchilaridan biri, eronlik yarim himoyachi Murtazo Puraliganji jarohati bois, 3 hafta maydonga tusha olmaydi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

25 yoshli futbolchi kuni kecha Qatar Yulduzlar ligasi 18-turidan o‘rin olgan “Al Axli”ga qarshi (5:0) bahsda jarohat olgani aytilmoqda. Puraliganji ushbu o‘yinning 79-daqiqasida zahiraga olingan edi.

Klub rasmiy saytida yozishicha, u bugun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va 3 hafta jamoasiga yordam bera olmaydi. U bu mavsum chempionat bahslarida “Al Sadd” safida 17 bahsda ishtirok etib, 3 ta gol kiritganligini qo‘shimcha qilish joiz.

Ma’lumot uchun, “Nasaf” – “Al Sadd” o‘yini 5 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!