Tezkor xabar! O‘zbekiston terma jamoasi Saloh boshchiligidagi Misrga qarshi Andijonda o‘yin o‘tkazadi

  • 24 aprel, 2019, 22:53
  • 3
  • Futbol

18 aprel kuni Andijonda katta futbol bayrami bo‘lib o‘tdi. Shu kuni qayta ta’mirdan chiqarilgan “Sog‘lom avlod”  stadoni o‘zida ilk bor Superliga bahsini qabul qildi. Darhaqiqat, o‘yingoh chiroyli ko‘rinishga ega bo‘lib, katta hajmdagi ishlar bajarilganiga guvoh bo‘lish mumkin. Natijada “Andijon” – “Nasaf” jamoalari o‘rtasidagi ochilish uchrashuviga qiziqish katta bo‘ldi. Mazkur bahs O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining vitse-prezidenti Umid Ahmadjonovni ham befarq qoldirmadi. Shu maqsadda Ahmadjonov boshchiligidagi katta delegatsiya Andijon shahriga tashrif buyurishdi.

Umuman olganda, Umid Ahmadjonov boshchiligidagi delegatsiyaning Andijonga qilgan tashrifi samarali va muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Shahardagi «Bog‘ishamol» mehmonxonasida u kishi bilan futbolimiz haqida bir muncha suhbatlashib o‘tirdik. Andijondagi «Sog‘lom avlod» stadionining zamonaviy va yangi qiyofaga keltirilganligi ham futbolimiz rahbarlarini xushnud etganini so‘zlaridan bilib olish qiyin emasdi. Ayniqsa, viloyat hokimining futbolga qaratayotgan katta e’tiborini yuksak baholadi. Yodingizda bo‘lsa, o‘tgan yilning 23 mart sanasida Andijondagi «Sog‘lom avlod» stadionida ilk bor terma jamoamiz ishtirokidagi xalqaro darajadagi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilgan bo‘lib, unda U-23 Osiyo chempionati g‘olibi bo‘lgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bilan Keniya olimpiya terma jamoasi ishtirokidagi o‘yin o‘tkazilgandi va bu bahsning Andijonda tashkillashtirilishi ham bevosita Umid Ahmadjonovning tashabbusi bilan amalga oshirilgandi. Lekin o‘tgan vaqt davomida Andijondagi stadion yanada chiroyli va qulay imkoniyatlarga ega bo‘ldi. Shu sababli bu yil ushbu stadionda terma jamoamiz ishtirokidagi yana bir xalqaro uchrashuvning o‘tkazilishi kutilmoqda. Bu haqida Umid Ahmadjonov SPORTS.uz muxbiri Shuhratbek Jo‘raev bilan suhbat davomida ta’kidlab o‘tdi. Shu kunlarda Misr terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishi borasida kelishuvga erishilishi kutilmoqda. Mazkur o‘yin esa «Sog‘lom avlod» stadionida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu esa tabiiyki, hududlarda ham futbolga bo‘lgan qiziqish va e’tiborni yanada kuchaytirishiga xizmat qilishi turgan gap.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Umar Umarov
24/04/2019 23:30
Ўйнаш керак агар ютказсак ҳам. Кучлилар билан ўйнаб кучли бўламиз
&
Qo'qon 1912
24/04/2019 23:05
Seryozniymi
Umar Umarov
24/04/2019 23:30
Секин-секин серёзнийлашяпти бизникилар ҳам