Tibo Kurtua: "Barselona" g‘alabaga munosib emas edi"

  • 3 mart, 2023, 03:42
  • 0
  • Futbol

"El-klasiko"dan keyin "Real" posboni Tibo Kurtua o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, "Barsa"ning bugun omadi kelib qoldi.

""Barselona" g‘alaba qozondi, garchi ular bunga loyiq bo‘lishmasada. Menimcha, o‘yinni biz nazorat qildik. Gol ham tasodifan kiritildi.

Ular yaxshi himoyalandi va biz darvoza tomon zarba berishga qiynaldik. Keyingi o‘yinda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz", - dedi belgiyalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, ushbu to‘qnashuvning javob bahsi 6-aprel kuni "Kamp Nou"da bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!