Timoti Bredli: "Vasiliy Lomachenkoga past baho bermang!"

  • 29 aprel, 2023, 16:38
  • 0
  • Boks

Timoti Bredli Devin Xeyniga qarshi jangda Vasiliy Lomachenkoga past baho bermaslik kerakligini aytdi.

"Lomachenkoning imkoniyatiga past baho berilmoqda. Tushunish lozimki, Lomachenko yomon jang ko‘rsatsa, u odatda katta kuch bilan qaytadi. Lomachenko Salidoga yutqazgan edi va u qaytdi. Kichik Gari Rassellga imkoniyat qoldirmadi. Keyin Lomachenko Teo Lopes bilan o‘zini ko‘rsata olmadi, biroq u kim bilan qaytdi? Masayoshi Nakatani ustidan hukmronlik qildi.  Ortiz bilan o‘rtachaj

ang ko‘rsatdi. Sizga aytamanki, u Lomachenko uslubida qaytadi. U Xeynini kamchiliklarini topishga harakat qiladi. O‘ylaymanki, Lomachenko keyingi jangda uning ojiz tomonini topishga harakat qiladi”-dedi Bredli.

Eslatib o‘tamiz, Lomachenko 20 may kuni Devin Xeyniga qarshi engil vazn toifasining mutloq chempionlik kamarlari uchun jang qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!