Tojikiston darvozaboni: Qatar favoritlardan biri, lekin ...

Tojikiston terma jamoasi darvozaboni Rustam Yatimov Osiyo kubogi 2-turidan o‘rin olgan Qatarga qarshi bahs oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

– Ertangi o‘yin juda qiyin bo‘lishi aniq. Qatar juda yaxshi shakllangan jamoa, ular favoritlardan biri, lekin o‘yin boshida hammasi 50/50 bo‘ladi. Yaxshi natija uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilishga tayyormiz.

Xitoyga qarshi o‘yindan keyin tiklanish osonroq bo‘ldi. Shuning uchun futbolchilarning kayfiyati a’lo darajada. Eng muhimi barcha sog‘lom bo‘lsin.

Murabbiylar shtabi doim bizga o‘yindan avval raqibning kuchli va kuchsiz tomonlarini ko‘rsatadigan videolavhalarni taqdim etishadi. Men Afifga qarshi hech qachon o‘ynamaganman, lekin Almoez Ali bilan OChLda ikki marta to‘qnash kelganmiz va u gol ura olmagan. Umid qilaman, unga qarshi yaxshi rekordim davom etadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!