"Tokio-2020". Denis Istominning raqibi ma’lum bo‘ldi

  • 22 iyul, 2021, 11:40
  • 0
  • Tennis

"Tokio-2020" Olimpiya o‘yinlarida tennis bahslari uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 2018 yilgi Osiyo o‘yinlari g‘olibi sifatida olimpiadaga yo‘llanma olgan Denis Istomin (ATP reytingida 197-o‘rin) ilk bosqichda hindistonlik Sumit Nagalga qarshi kortga chiqadi.

Hamyurtimiz ATP reytingida 160-o‘rinda qayd etilgan mazkur raqibini mag‘lub etgan taqdirda, keyingi bosqichda Aleksandr Bublik (Qozog‘iston) - Daniil Medvedev (ROQ) qarama-qarshiligi g‘olibi bilan kuch sinashadi.

Eslatib o‘tamiz, tennis bellashuvlari 24 iyuldan start oladi. Uchrashuvlar mahalliy vaqt bilan 11:00 dan boshlab boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!