Toshkentdagi jahon chempionati doirasida ommaviy mushtlashuv yuz berdimi? - O‘zbekiston boks Federatsiyasi munosabat bildirdi

  • 16 may, 2023, 14:48
  • 3
  • Boks

Boks bo‘yicha Toshkent mezbonlik qilgan jahon chempionati doirasida Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) tomonidan ushbu sport turining ommaviyligini yanada oshirish bo‘yicha bir qator tadbirlar tashkil etish ko‘zda tutilgan edi. 13 may kuni IBA rahbariyati “Humo arena” muz saroyida ishtirokchi davlatlarga bepul boks qo‘lqoplari tarqatish aktsiyasini o‘tkazdi. Buning natijasida jarayon davomida kichik tartibsizlik yuzaga keldi.

Ishtirokchi davlatlarning sportchi va murabbiylari, muxlislar navbat kutmasdan bepul tarqatilayotgan qo‘lqoplar tomon tartibsiz harakatlanishdi. Bu holatda yuzaga kelgan vaziyat ijtimoiy tarmoqlarda turlicha talqin qilinmoqda.

O‘zbekiston boks federatsiyasi bu borada shuni ma’lum qiladiki, ushbu holatda hech qanday mushtlashuv yoki boshqa ko‘ngilsiz holat ro‘y bermagan. Vaziyat qisqa fursat ichida huquq-tartibot organlari tomonidan nazoratga olindi, - deya xabar berdi O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Dolche& Gabana
16/05/2023 16:38
Катнашувчи давлат мураббий ва спортчилари деб нимага алдайди а узини оклаш учун улага даром керемас санлани перчаткен!!!! Узимизани текин томок маданиятсиз одамла тальпа киворди очикча тан олила эх качон хакикатни тугри айтишни урганамиз а хаспушламасдан узимизни окламасдан??!!
Ilhomjon Feyz
16/05/2023 21:01
Шохжахон дан янгилик кутябмиз. Ё матяс хам отказ қилябдими.
Ilhomjon Feyz
16/05/2023 20:59
Хар доимгидай "бизда хаммаси яхши". Мен зўр ишлаябман. Камчилигим йўқ. Кристалман.