"Tottenxem" Alderveyreldning narxini e’lon qildi

  • 14 mart, 2019, 21:35
  • 0
  • Futbol

Londonning "Tottenxem" klubi o‘zining belgiyalik himoyachisi Tobi Alderveyreldni yozgi transferlar davrida sotib yuborishmoqchi.

Mirror nashrining yozishicha “shporlar” yana bir yildan so‘ng shartnomasi yakunlanadigan Alderveyreldni tekinga qo‘yib yubormaslik uchun ham uni mavsum yakunlangan transferga qo‘yishmoqchi. “Tottenxem” uni 30 million evroga baholamoqda.

Ta’kidlash kerakki 30 yoshli futbolchiga MYu, "Barselona" va "Yuventus" klublaridan qiziqishlar mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!