Turkiyadan keyin, yana 3 ta terma jamoa Evro-2020 yo‘llanmasiga ega bo‘ldi

  • 15 noyabr, 2019, 12:32
  • 0
  • Futbol

Kuni kecha, Evro-2020 yo‘llanmasiga ega bo‘lgan 4 ta terma jamoaning nomi ma’lum bo‘ldi.

Angliya terma jamoasi Chernogoriyani 7 ta to‘p farqi bilan mag‘lub etgan bo‘lsa, Chexiya terma jamoasi Kosovo ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Garet Sautgeyt A guruhida 18 ochko bilan etakchilik qilmoqda. Guruhning so‘nggi turi oldidan, Chexiya terma jamoasi esa 15 ochkoga ega bo‘lib, Kosovoni 4 ochkoga ortda qoldirmoqda. Shuning evaziga, Angliya va Chexiya terma jamoalari Evro-2020 final bosqichiga chiqishni uddalashdi.

H guruhida Turkiya o‘z maydonida Islandiyaga qarshi nursiz durang o‘ynadi. Ochko yo‘qotgan islandiyaliklar Frantsiya va Turkiya terma jamoalaridan 4 va 6 ochkoga qolib ketishdi.

So‘nggi tur oldidan, Frantsiya 22 va Turkiya 20 ochko to‘plagan holda Evro-2020 yo‘llanmasiga ega bo‘lishdi.

Eslatib o‘tamiz, bungacha Belgiya, Italiya, Rossiya, Ukraina, Polsha va Ispaniya terma jamoalari yo‘llanmani qo‘lga kiritib bo‘lishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!