Turkmanistonlik murabbiy Rossiya terma jamoasini boshqarishi mumkin

  • 26 noyabr, 2020, 22:34
  • 0
  • Futbol

Rossiya futbol ittifoqi mamlakat bosh jamoasida murabbiy almashishi mumkinligini inkor etmayapti.

Metaratings nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesovning o‘rnini "Rubin" va "Rostov" klublari sobiq ustozi Qurbon Berdiev egallashi mumkin. RFIning aksariyat amaldorlari aynan 68 yoshli turkmanistonlik mutaxassisning bosh murabbiy bo‘lishini xohlamoqda.

Aytish kerakki, Cherchesov boshchiligidagi terma jamoa qatorasiga 6 ta o‘yindan buyon g‘alaba nimaligini bilmayapti. Ular hatto UEFA Millatlar ligasi 6-turida Serbiyaga 5:0 hisobida yutqazib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!