Turkmanistonni enggan, Eron bilan jangovor durang o‘ynagan O‘zbekiston FIFA reytingida besh pog‘ona yuqorilaydi (foto)

  • 24 noyabr, 2023, 11:32
  • 1
  • Futbol

Noyabr oyidagi xalqaro o‘yinlardan so‘ng OFK top-10 terma jamoalarining FIFA reytingidagi o‘rni quyidagi rasmdagi kabi ko‘rinish oladi. O‘zbekiston uzoq davom etgan ta’qibdan so‘ng Ummonni ortda qoldirib, Osiyoning 9-jamoasi bo‘lib olmoqda.

Jamoamiz umumiy dunyo reytingida 5 pog‘ona yuqorilab, 68-o‘ringa chiqib oladi. Turkmaniston mag‘lub etilgan, Eron bilan irodali tarzda durang qayd etilgan o‘yinlardan so‘ng termamiz hisobiga 12 ball qo‘shildi. 

Osiyoda hamon Yaponiya termasi eng yaxshi ko‘rsatkichga ega. "Samuraylar" FIFA reytingida 17-pog‘onani band etib turibdi. Ikkinchi o‘rindagi Eron 21, uchinchida turgan Janubiy Koreya esa 23-o‘rindan joy olgan. 

fifa

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
⚽️FANAT M-YU⚽️
24/11/2023 13:01
Vay lekin rasmni va jadvalni sindirvoribsizlar gap yo‘q