Tuxel "Bavariya"da qolishga rozi

Tomas Tuxel "Bavariya" bilan xayrlashganidan xabaringiz bor. Murabbiy mavsum so‘nggida klubni tark etishi borasida rasmiy bayonot bergandi. Endi uning fikri o‘zgardi. 

"Sky Sports"ga ko‘ra, so‘nggi paytlar rahbariyat yangi murabbiy borasida muhokamalarni davom ettirmoqda. U erda tilga olinayotgan nomlar Erik ten Xag va Xulen Lopetegidir. Shu bilan birga, ichkaridagi ayrim insonlar Tuxelning qolishiga qarshi emas. Sababi, klub "Real"ga qarshi o‘yinda hali ham top darajada ekanligini ko‘rsata oldi. 50 yoshli mutaxassisning o‘zi ham Germaniyada ishini davom ettirishga rozi. 

Ammo manbaning qayd etishicha, Tomasning qolish ehtimoli juda past, chunki buni hamma xohlayotgani yo‘q va asosiy nomzod baribir "Manchester Yunayted" ustozi bo‘lib qolmoqda. 

Tuxel "Bavariya"ni tark etgach, tezroq murabbiylik postiga qaytishga harakat qiladi. U Angliyaga ko‘chib o‘tishi ham mumkin. Aynan Ten Xagning kelajagi noma’lum bo‘lib turibdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!