Tuxel: Endigi navbat "Real"ga!

"Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

- Yarim final allaqachon finalga o‘xshaydi. Mening yondashuvim shunday. Biz mazkur bellashuvga javob bahsi borligini his qilib yondashmaymiz. Erkin o‘ynaymiz, borimizni beramiz, keyin ko‘ramiz. 

- Uembli"ga borishni va u erda g‘alaba qozonishni istaymiz. Biz tayyormiz va o‘zimizga ishonamiz. "Arsenal"ni mag‘lub etish muhim edi. Endigi navbat "Real"ga.


Qayd etish lozim, "Bavariya" - "Real" bahsi bugun 00:00da start oladi. 



 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!