U-19 Osiyo Chempionati-2020 saralash bahslari taqvimi tasdiqlandi

  • 1 oktabr, 2019, 15:47
  • 0
  • Futbol

Mazkur musobaqa final bosqichining mezboni – O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ayni paytda Saudiya Arabistonida o‘tkaziladigan saralash bahslariga tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda.

Osiyo futbol konfederatsiyasi saralash o‘yinlarining taqvimini tasdiqladi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, mezbon sifatida allaqachon musobaqaning final bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l olib ulgurgan O‘zbekiston U-19 terma jamoasi noyabr oyida Saudiyada quyidagi raqiblar bilan maydonga tushadi: 

 
U-19 Osiyo Chempionati-2020 saralashi

“F” guruhi

Saudiya Arabistoni

O‘zbekiston

Hindiston

Afg‘oniston

6 noyabr

21:05 | Saudiya Arabistoni – Afg‘oniston

18:05 | O‘zbekiston – Hindiston

8 noyabr

18:05 | Afg‘oniston – O‘zbekiston

21:05 | Hindiston – Saudiya Arabistoni

10 noyabr

21:05 | Saudiya Arabistoni – O‘zbekiston

18:05 | Hindiston – Afg‘oniston

Barcha uchrashuvlar Xobar shahridagi “Shahzoda Saud bin Jalavi” stadionida o‘tkaziladi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!