U-19 Osiyo chempionati saralash bahslariga ham qur’a tashlandi

Bugun Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurdagi Osiyo futbol konfederatsiyasi shtab-kvartirasida U-16 Osiyo chempionati saralash bahslariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tgani va qur’a natijalariga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasi saralashning "B" guruhida Hindiston, Bahrayn va Turkmanistonga qarshi bahs olib borishi haqida xabar berib o‘tgandik.
 
Shuningdek, bugun U-19 Osiyo chempionati saralash bahslariga ham qur’a tashlandi. Unga ko‘ra Otabek G‘ulomxo‘jaev boshchiligidagi terma jamoamiz saralash bahslarini "F" guruhida Saudiya Arabistoni, Hindiston va Afg‘oniston terma jamoalariga qarshi o‘tkazadi. 

Saralash o‘yinlari shu yilning noyabr oyida Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!