U23 Osiyo kubogi finali. Yaponiya - O‘zbekiston bahsini eronlik hakamlar boshqarib boradi
Ertaga Qatarda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogi finali bo‘lib o‘tadi. Unda Temur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma Yaponiya bilan to‘qnash keladi.
Ushbu uchrashuvni eronlik refere Mound Bonyadifard boshqarib boradi. Eronlik hakam hozirgacha faqat bir bor o‘zbek jamoalari ishtirokidagi uchrashuvda bosh hakam sifatida ishlagan. 2021 yil OFK kubogi doirasida "Nasaf"ning "Li Man" klubiga qarshi bellashuvida aynan Bonyadifard ishlagan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston - Yaponiya bahsi 20:30da start oladi.
Fikrlar