UEFA Daniyaga qarshi o‘yindagi holatlar uchun Angliya futbol assotsiatsiyasini jarimaga tortdi

  • 10 iyul, 2021, 18:00
  • 0
  • Futbol

UEFA Daniya va Angliya terma jamoalari o‘rtasidagi “Evro-2020” yarim final uchrashuvi natijalari to‘g‘risida qaror qabul qildi. Tashkilot matbuot xizmatining xabar berishicha, Angliya futbol assotsiatsiyasi 30 ming evro jarimaga tortilgan.

UEFA ushbu qarorni britaniyalik muxlislar daniyalik darvozabon Kasper Shmeyxelni chalg‘itish uchun lazerdan foydalangani uchun qabul qilgan. Shuningdek, mahalliy muxlislar madhiyalarni ijro etishda pirotexnika va qoidabuzarliklarni qo‘llagani uchun ham Angliya futbol assotsiatsiyasi jazolalandi.

Shu kuni Angliya Daniya ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Garet Sautgeyt boshchiligidagi Angliya terma jamoasi 11 iyul kuni final uchrashuvida Italiyaga qarshi maydonga tushadi. O‘yin Londondagi “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!