UFC jangchisi Xabib Nurmagomedov va Jorj Sen-Per to‘qnashuvida kim g‘olib bo‘lishi borasida o‘z fikrini bildirdi

UFCning engil vaznda o‘z janglarini o‘tkazadigan Kevin Li MMA faxriysi Jorj Sen-Per divizion chempioni Xabib Nurmagomedov bilan jang uchun sportga qaytadi, deb ishonadi.

"Jorj ajoyib jismoniy holatga ega. O‘ylaymanki, biz uni hali oktagonda ko‘ramiz.

Xabib bilan jangda vazn toifasi katta rol o‘ynaydi. Men Jorjni gavda jihatidan katta ekanligi va tajribasi unga g‘alabaga olib keladi deb o‘ylayman.

Sen-Per Xabibning barcha kuchli tomonlariga qarshi tura oladi. Agar bu jang bo‘lib o‘tadigan bo‘lsa, men Jorjning asosiy sparring sherigi bo‘laman”,- dedi Kevin Li.

Avvalroq Xabib va ​​uning jamoasi Sen-Perga qarshi jang uyushtirishga qiziqish bildirgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!