Umid Ahmadjonov Andijonga keldi

  • 18 aprel, 2019, 09:44
  • 0
  • Futbol
O‘zbekiston futbol Assotsiatsiyasi Birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov 14 aprel kuni Surxondaryoga tashrif buyurib, viloyat bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasi bilan yaqindan tanishgani, shuningdek, "Surxon" - "Paxtakor" o‘yinini bevosita stadiondan tomosha qilgani haqida xabar berib o‘tgandik.
 
O‘FA rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra Umid Ahmadjonov bugun ishchi guruh bilan Andijonga tashrif buyurdi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad Andijonda futbolni, xususan, bolalar futbolini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishish hamda qayta ta’mirdan chiqarilgan "Sog‘lom avlod" stadionini ko‘zdan kechirishdan iborat. Tashrif davomida Umid Ahmadjonov Sho‘rbuloq dahasida joylashgan viloyat bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasiga ham tashrif buyuradi. 

Shuningdek, "Sog‘lom avlod" stadionida tashkil etiladigan tantanali ochilish marosimida qatnashib,  Coca Cola Superliga 5-turidan o‘rin olgan "Andijon" - "Nasaf" uchrashuvini bevosita stadiondan tomosha qiladi. 

Stadionning ochilish marosimi 16:00da, "Andijon" - "Nasaf" o‘yini esa soat 17:00da boshlanishi belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!