Umid Ahmadjonov MOQ rahbarligidan ketganligini ma’lum qildi, O‘FAdanchi?

  • 15 may, 2019, 18:14
  • 1
  • Futbol

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov iste’foga chiqdi. Bu ma’lumotni uning o‘zi Kun.uz’ga tasdiqladi.

Bugun, 15 may kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida mazkur masalaga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tadi.

Unda Ahmadjonov iste’foga chiqarilib, qo‘mitaning yangi prezidenti e’lon qilinishi kutilmoqda.

Ayni vaqtda qo‘mita rahbarligi uchun nomzodlar ko‘rib chiqilmoqda.

Hozircha amaldagi rahbarning ishdan ketish sabablari ma’lum emas.

Ma’lumot uchun, Umid Ahmadjonov bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyaning birinchi vitse-prezidenti lavozimida ham faoliyat yuritadi. U O‘FAda qolish-qolmasligi hozircha ma’lum emas.

Eslatib o‘tamiz, Umid Ahmadjonov 2018 yil 16 yanvar kuni Alisher Sultonov o‘rniga qo‘mita prezidenti etib saylangandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
15/05/2019 18:16
тезлаштирворипсилаю