US Open. 18 yoshli tennischi sensatsion tarzda chempionga aylandi

  • 12 sentabr, 2021, 15:23
  • 0
  • Tennis

Tennis bo‘yicha "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi Amerika ochiq chempionatining ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarida chempion nomi aniqlandi.

Buyuk Britaniya sharafini himoya qilgan 18 yoshli Emma Radukanu 19 yoshli raqibasini mag‘lubiyatga uchratdi. Kanadalik Leyla Enni Fernandesga qarshi kechgan bahsda Radukanu 6:4, 6:3 hisobida g‘alaba qozondi.

Ma’lumot uchun, Radukanu o‘z ishtirokini kvalifikatsion bosqichdan boshlagan edi. U jahon tasnif jadvalining 150-tartib raqamli tennischisi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!