Usik-Uaylder jangi g‘olibi kim bo‘ladi? Roy Jons javob berdi

  • 16 aprel, 2023, 18:09
  • 0
  • Boks

Boks olamining tirik afsonasi hisoblanuvchi Roy Jons Aleksandr Usik(20-0,13 KO) va Deontey Uaylderning (43-2-1,42 KO) ehtimoliy jangi borasida so‘z yuritdi.

"Bu yaxshi bahs bo‘ladi. Kim g‘alaba qozonadi? To‘g‘risi, bilmadim. Nazarimda Usik, biroq nima bo‘lgan taqdirda ham bu yaxshi jang bo‘ladi. Agar, Usik Uaylderning zarbasini ko‘tara olsa, g‘alaba qozonadi. Ayni damda, bu ajoyib qarama-qarshilik, bunaqasini biz hali ko‘rmaganmiz. Shubhasiz, yorqin tomosha bo‘ladi",- dedi Jons.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!