Varan "Real"ga qaytish uchun maoshining kamayishiga ham tayyor!

  • 24 dekabr, 2023, 13:23
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" markaziy himoyachisi Rafael Varan jamoani tark etishga tayyorlanmoqda.

"AS" nashrining xabariga ko‘ra, frantsiyalik futbolchi "Real"ga qaytishga jiddiy kirishgan. Hatto, u "qirollik klubi"ga o‘tish uchun maoshining sezilarli darajada kamayishiga ham tayyor. "Qaymoqranglilar" rahbariyati ham jarohatlangan Alaba va Militao o‘rniga frantsuzni ideal variant sifatida ko‘rmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Rafael 2011 yildan 2021 yilgacha "Real Madrid" sharafini himoya qilgan. 30 yoshli himoyachining "qizil iblislar" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2024/2025 yilgi mavsum oxirida tugaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!