Varan "Real"ga qaytishi mumkin!

  • 23 dekabr, 2023, 20:41
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" himoyachisi Rafael Varan qishgi transferlar oynasida "qizil iblislar" lagerini tark etishi mumkin, deya xabar beradi "AS" nashri.

Manbaga ko‘ra, 30 yoshli futbolchi "Real"ga qaytish variantini ko‘rib chiqishga tayyor. "Qirollik klubi" frantsiyalik futbolchini jarohat olgan Eder Militao va David Alabaga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

Bundan tashqari, Varanning xizmatlariga "Bavariya" ham qiziqmoqda va 120 million evro sarflashga ham tayyor. Uning "qizil iblislar" bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. "Transfermarkt" portali tajribali himoyachini 25 million evroga baholamoqda. U avval "Lans" va "Real Madrid" klublarida o‘ynagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!