Vasiliy Lomachenko... Barchasi tugadimi?

  • 13 oktabr, 2023, 13:40
  • 0
  • Boks

Uch vazn toifasida sobiq jahon chempioni Vasiliy Lomachenko (17-3, 11 KO) professional boksni tark etish haqida jiddiy o‘ylamoqda. Bu haqda WBO rahbari Fransisko Valkarsel Dominikan Respublikasining Punta-Kana shahridagi tashkilotning reyting qo‘mitasi yig‘ilishida ma’lum qildi.

“Ular menga Lomachenko boksni tark etishini aytishdi. Menda aniq shubxalar bor, lekin ko‘ramiz”, - dedi funktsioner.

Eslatib o‘tamiz, 35 yoshli ukrainalik faxriy o‘zining so‘nggi jangida amerikalik Devin Xeyniga ochkolar bo‘yicha yutqazib, engil vaznda (61,2 kg) mutlaq jahon chempioni unvonini qo‘lga kirita olmadi. Jang joriy yilning may oyida bo‘lib o‘tgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!