Vetnam chempionatida o‘ynayotgan legionerimiz haqida bilarmidingiz?

Vetnam chempionati 16-turi doirasidagi "Vettel" va "Xoang Zyalay" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi. Mazkur bahsda mehmonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

"Vettel" klubida "Metallurg", "Andijon" va "Lokomotiv" jamoalarida faoliyat yuritgan Jahongir Abdumo‘minov o‘ynamoqda. Futbolchi bugungi bellashuvda asosiy tarkibda maydonga tushib, 61-daqiqada zaxiraga olindi.

Ma’lumot uchun, "Vettel" ayni damda chempionatda 17 ochko bilan 14 jamoa ichida 12-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Hihiho
05/05/2024 20:20
Adashmasam bu bola meksikada yoki undan keyingi yoshlar õrtasidagi jahon chempionatidagi bor edi