Villian APLda qolmoqchi

  • 31 mart, 2020, 12:10
  • 0
  • Futbol

"Chelsi" vingeri Villian o‘zining kelajak faoliyati borasida bir qarorga keldi.

ESPN nashrining yozishicha, 31 yoshli braziliyalik futbolchi Angliya premer-ligasida qolmoqchi. Garchi, uning “aristokratlar” bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etsada, u o‘ziga nisbatan qiziqish bildirayotgan “Arsenal” va “Tottenxem”ning takliflarini ko‘rib chiqmoqchi.

Villian joriy mavsum “Chelsi” safida 35 ta o‘yinda maydonga tushdi va 5 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!