Villian "Arsenal"ga o‘tishga rozi bo‘ldi

  • 28 iyul, 2020, 14:43
  • 0
  • Futbol

"Chelsi" vingeri Villian faoliyatini Londonning boshqa bir klubida davom ettirishga yaqin turibdi.

Goal.com tarqatgan xabarga ko‘ra, “aristokratlar” bilan shartnomasi yakunlanayotgan 31 yoshli braziliyalik futbolchi “Arsenal”ga erkin agent sifatida ko‘chib o‘tishga rozi bo‘lgan. Aytish lozimki, “Chelsi” Villianni o‘z safida olib qolishga harakat qildi va unga 2 yillik shartnoma taklif qildi. Ammo, bu futbolchiga ma’qul kelmadi.

Villian joriy mavsum “Chelsi” safida 47 ta o‘yinda maydonga tushdi va 11 ta gol hamda 9 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!