Villian "Chelsi" bilan shartnomasini uzaytirishdan voz kechdi. U "aristokratlar"ning asosiy raqibi bilan muzokara o‘tkazmoqda

  • 3 avgust, 2020, 22:24
  • 0
  • Futbol

"Chelsi" klubi yarim himoyachisi Villian tez orada jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, 31 yoshlik xavbek "aristokratlar"ning 2 yillik yangi shartnoma borasidagi taklifini rad etib, «Arsenal» bilan muzokara o‘tkazmoqda.

Villian "Chelsi" bilan shartnoma borasida kelisha olmadi. Chunki braziliyalik futbolchi klubdan 3 yillik bitim talab qilmoqda. "Arsenal" esa uning talabini qondirishga tayyor. 

Bosh murabbiy Frenk Lempard Villianni jamoada saqlab qolmoqchi. Biroq klubi rahbariyati 3 yillik shartnomaga qarshi.

"Barselona" ham Villianga 3 yillik shartnoma taklif qilmoqda. Ammo braziliyalikning Kataloniyaga o‘tish imkoniyati ancha past.

Futbolchi «Chelsi» safida 2013 yilning avgust oyidan beri faoliyat yuritmoqda. U ikki marta Angliya chempionligi va bir bor kubok sohibiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!