Villian: "Chelsi" EChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi shart!

  • 2 iyul, 2020, 17:58
  • 0
  • Futbol

“Chesi” vingeri Villian kecha APLning 32-turidan o‘rin olgan “Vest Xem”ga (3:2) qarshi o‘yinda uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Natija bizni juda ranjitdi. Biz g‘alaba qozonishni istagandik, ammo 3-o‘ringa ko‘tarilib olish imkoniyatini ham qo‘ldan chiqardik. Endi biz keyingi o‘yinlar haqida bosh qotirishimiz kerak.

“Chelsi” Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi shart. Qolgan barcha o‘yinlar biz uchun huddi finaldek o‘tadi. Biz kuchli to‘rtlikdagi o‘rnimizni saqlab qolishimiz kerak”, - deydi braziliyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, "Chelsi" ayni damda 54 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda. 5-o‘rindagi MYu hisobida esa 52 ochko mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!