Villian: "Chelsi" meni qizg‘anmay qo‘ydi

  • 19 iyul, 2020, 13:59
  • 0
  • Futbol

"Chelsi" yarim himoyachisi Villian klub bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bir qancha klublar menga qiziqish bildirayotgani haqida gap-so‘zlar yuribdi. Ammo menda tayinli biron rasmiy taklif yo‘q.

Hozircha kutyapman. Agentim ham bo‘sh o‘tiribdi. "Chelsi" esa meni boshqa klublardan qizg‘anmay qo‘ydi, ular xuddi meni qo‘yib yuborishga tayyordek taassurot qoldirmoqda.

Yuqoridagi gaplarim, shunchaki hazil! Bir muddat oldin klub rahbariyatidan ikki yillik shartnoma taklifi oldim, biroq men uch yillik kelishuv imzolamoqchiman. Agar ularga mening shartlarim ma’qul kelsa, hozirning o‘zidayoq shartnomaga imzo chekaman", - deydi Villian.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!