Villian "Chelsi"da qoladimi?

  • 27 iyun, 2020, 11:04
  • 0
  • Futbol

“Chelsi” xavbeki Villian hozircha kelajagi borasida biror-bir qarorga kelmaganini aytdi.

Ta’kidlash kerakki, 31 yoshli braziliyalik futbolchining “aristokratlar” bilan amaldagi shartnomasi shu oy oxirida o‘z nihoyasiga etadi.

“Jamoada qolamanmi yo ketamanmi, buni bilmayman. Hozirda mening butun hayolim “Chelsi”ni kuchli to‘rtlikka kirishi uchun yordam berishga qaratilgan”, - deydi Villian.

Joriy mavsum 39 ta o‘yinda maydonga tushgan Villian o‘z hisobiga 8 ta gol hamda 6 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!