Villian "Chelsi"dan ketganini ma’lum qildi

  • 9 avgust, 2020, 21:37
  • 0
  • Futbol

Braziliyalik yarim himoyachi Villian bugun "Chelsi"dan ketganini rasman ma’lum qildi.

“O‘tgan etti yil ajoyib edi. 2013 yil “Chelsi”ga o‘tib to‘g‘ri qaror qabul qilganimga aminman. Bizda quvonchli va qayg‘uli kunlar bo‘ldi, lekin shu bilan birga kuboklar ham bo‘ldi. Men bu jamoada hech qachon zerikmadim. Ammo endi oldinga harakat qilik payti keldi”, - deydi Villian.

32 yoshli futbolchi “Chelsi”dagi 7 yillik faoliyati davomida 339 ta o‘yinda maydonga tushdi va 63 ta gol hamda 62 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. U tez orada “Arsenal” bilan 3 yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!