Villian "Chelsi"dan ketishini e’lon qildi

  • 5 aprel, 2020, 21:24
  • 0
  • Futbol

Braziliyalik yarim himoyachi Villian “Chelsi” bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erisha olmaganini ma’lum qildi.

“Mening “Chelsi” bilan amaldagi shartnomam bir necha oydan so‘ng yakunlanadi. Endi biz hamkorlikni davom ettirishimizni tasavvur qilish qiyin. “Chelsi” menga 2 yillik shartnoma taklif qildi, men esa 3 yillik kelishuv imzolanishini talab qildim. Shundan buyon biz boshqa muzokara o‘tkazmadik”, - deydi Villian.

31 yoshli Villian “Chelsi” sharafini 2013 yildan buyon himoya qilib kelmoqda. U joriy mavsum 37 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 7 ta gol hamda 6 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!