Villian "Chelsi"ga sodiqligini isbotlamoqchi

  • 19 mart, 2020, 15:18
  • 0
  • Futbol

"Chelsi" yarim himoyachisi Villian Angliya Premer ligasi yakunlanmasidanoq, uning shartnomasi oxiriga etsa, mavsumni jamoada yakunlab qo‘yishini ma’lum qildi.

"Shartnomam iyul oyida o‘z yakuniga etadi. Agar ushbu oydan keyin ham o‘ynashga to‘g‘ri kelsa, men jamoaga sodiqligimni isbotlash uchun ham o‘ynashda davom etaveraman. Chunki, ular doim menga ishonch bildirishgan.

Hali hech narsa aniqlanmagan, nima bo‘lishini bilmaymiz. Ammo, shubhasiz, men shartnoma qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, men klub uchun bor imkoniyatimni ishga solishga tayyorman," - dedi Villian.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!