Villian o‘z nomini APL tarixiga yozdirib qo‘ydi

  • 5 iyul, 2020, 13:51
  • 0
  • Futbol

"Chelsi" APL 33-turi doirasida "Uotford"ni o‘z maydonida mag‘lub etdi.

Mezbonlar safida Villian penaltini aniq amalga oshirib, o‘ziga xos natija sohibiga aylandi. Braziliyalik futbolchi klub tarixida ketma-ket uchta o‘yinda penaltidan gol urgan birinchi futbolchiga aylandi.

Bunday natija APL tarixida faqat olti marotaba qayd etilgan. Oldinroq, Yan Rayt, Ruud van Nistelroy, Maykl Ouen, Yoan Kabay va Serxio Aguero ketma-ket uch o‘yinda penaltilardan gol urishni uddalagan.

Joriy mavsumda Villian 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 gol va 7 golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!