Villian qachon "Arsenal" futbolchisi sifatida tanishtiriladi?

  • 9 avgust, 2020, 23:33
  • 0
  • Futbol

Bugun "Chelsi"dan ketganini ma’lum qilgan Villian "Arsenal" yaqin kunlarda “Arsenal” a’zosiga aylanadi.

Jurnalist Fabritsio Romano tarqatgan xabarga ko‘ra, 32 yoshli braziliyalik vinger yangi haftada “kanonirlar” futbolchisi sifatida ommaga tanishtiriladi. U “Arsenal” bilan “3+1” ko‘rinishida shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Villian “Chelsi”dan tashqari "Korintians", "Shaxtyor" va "Anji" klublarida ham to‘p surgan. Braziliya terma jamoasida esa 70 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!