Villian va Koutino bir jamoada o‘ynaydi

  • 6 avgust, 2020, 14:55
  • 0
  • Futbol

“Arsenal” braziliyalik futbolchilar – Villian va Koutino transferini yakunlash arafasida turibdi.

“Chelsi”dagi faoliyati yakunlanayotgan 31 yoshli Villian “to‘pchilar” bilan 3+1 ko‘rinishida shartnoma imzolaydi va haftasiga 100 ming funt maosh oladi. Albatta bu maosh “Chelsi” berganidan kam, lekin “Arsenal” yarim himoyachining ishtirokiga qarab bonus berish tizimini qo‘llashga qaror qilgan.

Shuningdek, Filippe Koutino ham “Arsenal”ga kelishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu futbolchi 10 million evro evaziga ijaraga olinadi va keyinchalik “to‘pchilar” uni sotib olishi mumkin bo‘ladi. “Arsenal” Koutinoning maoshini “Barselona” bilan birga bo‘lishib to‘lashni kelishib olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!