Villianni "Arsenal"ga o‘tishga kim ko‘ndirdi?

  • 19 avgust, 2020, 14:35
  • 0
  • Futbol

Mavsumlar oralig‘ida “Chelsi”dan “Arsenal”ga ko‘chib o‘tgan yarim himoyachi Villian uni bu erga o‘tishga sobiq jamoadoshi David Luiz ko‘ndirganini aytdi.

“David Luiz “Arsenal”da baxtli. Biz ikkalamiz terma jamoada ham, “Chelsi”da ham birga o‘ynadik. Endi esa “Arsenal”da birga to‘p suramiz.

U menga shunday dedi: “Arsenal”ga o‘t. Men sening kelishingni xohlayman”, - deydi braziliyalik futbolchi.

32 yoshli Villian “Arsenal” safiga erkin agent sifatida borib qo‘shildi va 2023 yilgacha shartnoma imzoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!