"Vilyarreal"ning ikki afsonasi jamoadan ketishini e’lon qildi

  • 18 iyul, 2020, 20:49
  • 0
  • Futbol

"Vilyarreal" klubining ikki afsonasi mavsum yakunlangach, jamoadan ketishini ma’lum qildi.

Klub rasmiy saytining xabar berishicha, 36 yoshli Bruno Soriano va 35 yoshli Santi Kasorla “sariq suv osti kemasi”ni tark etadi. Soriano faoliyatini yakunlamoqchi, Kasorla esa Qatar klubiga o‘tishi kutilmoqda. Ertaga "Vilyarreal" - "Eybar" bahsi har ikkala futbolchi uchun xayrlashuv uchrashuvi bo‘ladi.

Soriano faoliyatini to‘liq “Vilyarreal” safida o‘tkazgan va 422 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 31 ta gol hamda 25 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Kasorla esa, "Vilyarreal"da 2003-2006, 2007-2011 va 2018-2020 yillarda harakat qilgan, 328 ta o‘yinda o‘z hisobiga 57 ta gol hamda 56 ta assist yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!