Vinisius Junior chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

"Real" futbolchisi Vinisius Junior Evropa chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi. Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar berdi. 

Braziliyalik iqtidor sohibi musobaqa yarim final ilk o‘yinida "Bavariya"ga qarshi o‘yinda dubl qayd etgandi. U dastlab tezkorlik bilan Noyerga qarshi birga-bir vaziyatga chiqib bordi va zarbada adashmadi. So‘ng belgilangan penaltidan ham unumli foydalanib, Manuel Noyerni ikkinchi bor ranjitdi. 

Ma’lumot o‘rnida, "Real"ning "Bavariya"ga qarshi javob uchrashuvi 8 maydan 9 mayga o‘tar kechasi tungi soat 00:00 da start oladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!