WBA dekabr oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi. Shohjahon Ergashev o‘rnida o‘zgarish bor

  • 1 yanvar, 2021, 22:40
  • 0
  • Boks

Butunjahon Boks Assotsiatsiyasi (WBA) dekabr oyi uchun yangilangan reytingini e’lon qildi.

Super engil vaznda (63.5 kg) Shohjahon Ergashev bir pog‘ona pastlab, 8-o‘rindan joy oldi, WBA International kamari sohibi Shahram G‘iyosov o‘tgan oydagi kabi 6-o‘rinda qayd etilgan.

Super o‘rta vaznda (76.2 kg) Bektemir Meliqo‘ziev va yarim og‘ir vaznda Rustam To‘laganov (79.3kg) o‘tgan oydagi kabi 14-o‘rinni band etgan bo‘lsa, super yarim o‘rta (69.8 kg) vaznda Isroil Madrimov 1-o‘rinni saqlab qoldi. Isroil Madrimov hozirda jahon chempionlik kamari uchun majburiy da’vogar hisoblanadi. Murodjon Ahmadaliev o‘z vaznida (55.2 kg) WBA va IBF chempioni sifatida qayd etilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!